Telegram-bot Virtual qabulxona

27.04.2023

Iste'molchilar huquqlarini buzgan MChJdan sud orqali qariyb 62 million so'm undirildi

Qarshi shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqarolar D.Sh. va А.Sh. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Аniqlanishicha, 2021-yilning 4-oktabr kuni fuqaro D.Sh. “Labo” rusumli, А.Sh. esa “Damas” rusumli avtomashina sotib olish uchun “UZ AVTO PREMIUM” MChJ bilan shartnomalar rasmiylashtirgan. Shartnoma shartlariga koʼra, transport vositasi qiymatining 30 foizi miqdorida, yaʼni D.Sh. 27 million 719 ming soʼm, А.Sh. esa 27 million 100 ming soʼm toʼlovni amalga oshirishgan. Rasmiylashtirilgan shartnomalarning 1.1 bandida MChJ toʼlov amalga oshirilgan kundan boshlab 90 ish kuni ichida avtomashinalarni oʼz egalariga yetkazib berish majburiyatini olgan. Biroq masʼullar tomonidan shu kunga qadar kelishilgan transport vositalari yetkazib berilmagan.

Murojaatni oʼrganish natijasi yuzasidan isteʼmolchilarga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararlarni undirishni soʼrab fuqarolik ishlari boʼyicha Toshkent shahar Shayhontohur tuman sudiga daʼvo arizasi kiritildi. Sud tomonidan “UZ AVTO PREMIUM” MChJ hisobidan isteʼmolchilar D.Sh. foydasiga 27 million 719 ming soʼm asosiy qarz va 2 million soʼm maʼnaviy zarar hamda А.Sh. foydasiga 27 million 100 ming soʼm asosiy qarz va 2 million soʼm maʼnaviy zarar undirish toʼgʼrisida hal qiluv qarori chiqarildi. Shuningdek, javobgar hisobidan davlat foydasiga 2 million 792 soʼm davlat boji undiriladigan boʼldi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00