Telegram-bot Virtual qabulxona

26.06.2024

Mebel uchun to'langan 17 yarim million so'm pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi

Xorazm viloyati Xiva tumani "Juryon" qishlog'ida yashovchi fuqaro M.B. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, iste'molchi Urganch tumanidagi "Mebellar uyi"dan 17 500 000 so'mga mebel sotib olgan. Ammo buyurtma uyga keltirilgach, ularning sifatsiz ekani ma'lum bo'lgan. 

Murojaat yuzasidan Xiva tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o'rganish ishlari olib borildi. "Mebellar uyi" sotuvchisiga O'zbekiston Respublikasining "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonunning tegishli moddalari tushuntirildi va mebel uchun to'langan 17 500 000 so'm pul mablag'i egasiga qaytarib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00