25.04.2024
Kosonsoy tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tuman aholisi tomonidan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib ketish boʻyicha sifatli xizmat koʻrsatmagani toʻgʻrisida murojaatlar kelib tushgan.
Kosonsoy tumanidagi "Qorasuv" MFY chiqindilarni to'plash va olib ketish xizmatini ko'rsatuvchi "Chashmai safed-gaz" MCHJ bilan shartnoma imzolagan. Ammo MChJ tomonidan aholiga koʻrsatilmagan xizmat uchun noreal qarzdorliklar hisoblangan.
Oʻrganish natijalariga koʻra, korxona tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni to'plash va olib ketish bo'yicha toʻliq xizmat koʻrsatilmagan davrlar uchun jami 42 290 736 so`m toʻlovlarning aholidan undirilishi bekor qilindi.