Telegram-bot Virtual qabulxona

23.08.2023

Xonadon elektr ta`minotiga qayta ulandi

Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi B.N O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi “Ishonch telefoni”ga istiqomat qilib kelayotgan xonadoniga  kommunal to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirib kelgan bo’lsada ammo hududga kommunal xizmat ko’rsatuvchi XUJMSH (Xususiy uy-joy mulkdorlik shirkati) tomonidan asossiz qarzdorlik tufayli elektr ta’minotini uzib qo’yishganligi sababli norozi bo’lib murojaat qoldiradi.

Murojaat Navoiy shahar jamiyat mutaxassislari tamonidan o’rganib chiqish jarayonida fuqoroning haqiqatdan kommunal to’lovlardan qarzdorligi yo’q ekanligini, biroq XUJMSH xodimlari tomonidan anglashilmovchilik sababli xonadoni elektr tarmog’idan uzib ketishganligi ma’lum bo’ldi. XUJMSH rahbariga fuqoroning iste’molchi sifatida huquqlari tushuntirib o’tilgach, elektr ta'minotidagi muammolar bartaraf etildi — fuqaroning xonadoni elektr tarmog‘iga qayta ulab berildi


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00