Telegram-bot Virtual qabulxona

06.05.2024

5 million so'mlik nosoz noutbuk sifatlisiga almashtirildi

Mingbuloq tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Mustaqillik" MFYda yashovchi M.M. yozma ariza bilan murojaat qilgan.

Unda bayon etilishicha, isteʼmolchi Mingbuloq tuman markazida joylashgan savdo doʻkonidan 5 207 000 soʻmga HP rusumdagi noutbuk sotib olgan. Ammo 3 kun ham o'tmay, kompyuterda texnik nosozliklar yuzaga kelgan. Fuqaro uni doʻkonga qaytarib olib borganida doʻkon xodimi bu yangi kompyuter, deb qaytarib yuborgan. Oradan salkam bir oy oʻtgandan soʻng, kompyuter texnik nosozligi sababli, umuman yonmay qolgan. Savdo do'koni xodimi esa nosoz texnikani almashtirib berishdan bosh tortgan.

Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat oʻz vaqtida oʻrganib chiqilib, doʻkon xodimiga “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunning tegishli moddalari tushuntirildi hamda nosoz noutbuk isteʼmolchi talabi boʻyicha yangisiga almashtirib berildi. 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00