
21.02.2024
Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yashovchi fuqaro X.A. 15-yanvar sanasida “Uzum market” ilovasi orqali mahsulot buyurtma qilgan va 2 550 000 so'm toʻlov "Uzum bank" tomonidan yechib olingan. Ma’lum bir sabablarga koʻra, iste’molchi buyurtmani bekor qilgan, ammo toʻlangan summa fuqaroga qaytarilmagan. Shu sababdan, 2024 yilning 31-yanvar sanasida fuqaro federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali ariza qoldirgan.
Murojaat Oʻzbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasi tomonidan toʻliq oʻrganilib, "Uzum market" MCHJga so'rov xati yuborildi. Natijada, murojaat ijobiy hal etilib, "Uzum market" MCHJ tomonidan fuqaro sarflagan pul mablag'i to'liq qaytarildi.