
12.02.2025
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Yangiqo`rg`on tuman ijro etuvchi apparatiga tumanda yashovchi isteʼmolchilardan koʻplab murojaatlar kelib tushgan.
Murojaatlarda bayon etilishicha, “Toza Hudud" DK Yangiqo'rg'on tuman filiali xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumida maishiy chiqindilarning olib ketilmasligi natijasida, iste'molchilarga hech qanday xizmat koʻrsatilmagan.
O'rganishlar davomida haqiqatdan ham tumandagi 31 ta MFY hamda “Toza Hudud" DK Yangiqo`rg`on tuman filiali oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-noyabrdagi PF5580-sonli Qaroriga asosan ommaviy shartnoma tuzilgani aniqlandi. Ammo qish mavsumida havo haroratining sovishi va gaz tanqisligining yuzaga kelishi sababli, DK maxsus texnikalari yoqilgʻi bilan ta'minlanmagan. Shu bois, 2025-yil yanvar oylarida qatnov grafigi boʻyicha aholiga toʻliq va sifatli xizmat koʻrsatilmagan.
Oʻrganish yakuniga koʻra, “Toza Hudud" DK Yangiqo`rg`on tuman filiali tomonidan tumanidagi 31 MFY aholisiga belgilangan sifatdagi xizmatlar koʻrsatilmaganligi sababli, yuqorida sanab o'tilgan oylar uchun jami 6358 ta aholidan olinadigan 133 403 200 soʻm to'lovlarni undirish bekor qilindi.