
05.07.2024
Yoz mavsumida aholi ehtiyojidan kelib chiqqan holda sovutgichlarga boʼlgan ehtiyoj keskin oshadi. Maishiy texnika vositalari qatoridan oʼrin olgan sovutgichlar bugungi kunda import qilinishidan tashqari mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ham ichki bozorlarda sotilmoqda.
Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro I.N. Gʼijduvon tuman bozorida joylashgan maishiy texnika doʼkonidan 7 500 000 soʼm evaziga "Immer" rusumli havo sovutgich xarid qilgan. Ammo undan foydalanish mobaynida nosozlik kuzatilgan. Tadbirkor bilan murosaga kela olmagach, amaliy yordam soʼrab, Buxoro viloyat isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishonch telefoni orqali ariza qoldirgan.
Gʼijduvon tuman jamiyati xodimlari tomonidan ariza joyiga chiqib, qonuniy oʼrganilishi natijasida, shu kunning oʼzidayoq servis xodimlari tomonidan bepul taʼmirlab berildi.