
06.11.2024
Denov tumani Jomiy MFYda yashovchi A.Y, T.Q, T.U.lar birgalikda ichimlik suvi uchun quvur tortish maqsadida Denov shahar Astonaqulov ko‘chasida joylashgan polietilen truba ishlab chiqarish sexidan 2024-yil iyul oyida 3 200 000 so‘mga uzunligi 200 m bo‘lgan quvur trubalarini sotib olgan. Ammo hozirgi kunga kelib trubalar yaroqsiz holga kelib qolganligidan norozi bo'lib, Denov tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Jamiyat mutaxassislari tomonidan holat o‘rganib chiqildi va tomonlarga amaldagi qonun yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Shundan so‘ng, sifatsiz trubalar uchun to‘langan 3 200 000 so‘m pul mablag‘i qaytarib berildi.