Telegram-bot Virtual qabulxona

09.08.2024

Salkam 3 million so'm pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Shofirkon tuman jamiyatiga "Zarchabek" MFYda yashovchi fuqaro M.N. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Ma'lum bo'lishicha, isteʼmolchi Shofirkon tuman dehqon bozorida joylashgan savdo doʻkonidan 2 840 000 so'mga "Redmi Note 13 pro" rusumli telefon xarid qilgan, ammo koʻp oʻtmay, undagi nuqsonlar maʼlum boʻlgan. Soʻng, xaridor boshqa telefonga almashtirish yoki toʻlangan mablagʻni qaytarib olish maqsadida doʻkon sotuvchisiga murojaat qilgan. Doʻkon sotuvchilari esa rad javobini bergan.  

Murojaat Shofirkon tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilib, tadbirkorga "Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi hamda O'zbekiston Respublikasi "Jismoniy va yuridik shaxslar to'g'risida"gi Qonunining tegishli bandlari yuzasidan tushuntirishlar berib o'tildi.  Natijada, nuqsonli mobil telefon tadbirkorga qaytarilib, isteʼmolchi M.N.ga 2 840 000 soʻm toʻlangan mablagʻi undirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00