Telegram-bot Virtual qabulxona

08.08.2023

Sifatsiz mahsulot sotuvchiga qaytarib berildi

Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro M.N. O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasida tashkil qilingan 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qiladi. Murojaatga ko`ra fuqaro onlayn do`konlarning biridan ayollar atirini xarid qilish maqsadida 670.000 so`m to`lov qilganligi, lekin fuqaroga yetkazilgan atir aslida sifatsiz ekanligini sezib qolgan. Shundan so`ng mahsulotni sifatlisiga almashtirib berish bo`yicha sotuvchiga qilgan murojaati ijobiy hal etilmagan.

Ma`lum bo`lishicha, sotuvchi iste`molchining sifatsiz mahsulotini almashtirib berishini so`rab qilgan qonuniy talabini rad etgan. O`zbekiston Respublikasining amaldagi “Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida” gi qonunning 13-moddasiga ko`ra, iste`molchiga nuqsonli tovar sotilganda, nuqsonli tovarni sifatlisiga almashtirib olish huquqi kafolatlangan.

Murojaatni o`rgangan Navoiy shahar jamiyati mas`ul xodimlari sotuvchiga yuqoridagi holatlar bo`yicha tegishli tushuntirishlar bergach, sotuvchi iste`molchining qo`lidagi nuqsonli tovarni qaytarib olib to`lov qilgan pul mablag`larini to`liqligicha qaytarib berdi.  

 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00