Telegram-bot Virtual qabulxona

10.07.2024

Qiymati 2,5 million soʻmlik nuqsonli televizor sifatlisiga almashtirildi

Qamashi tumanida yashovchi fuqaro J.R. Shahrisabz shahridagi “Ming xilliklar” savdo markazidan 2 million 500 ming soʻmga “Samsung” rusumli televizor sotib oladi. Biroq unda nuqsonlar aniqlanadi. Ushbu mahsulotni almashtirish bo'yicha qilgan murojaati sotuvchi tomonidan e'tiborsiz qoldirilib, iste'molchining talabi bajarilmaydi.

Fuqaro mazkur masalada yordam soʻrab, Oʻzbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining ishonch telefoni orqali murojaat etgan. Uning murojaati federasiyaning Shahrisabz shahar jamiyati tomonidan oʻrganildi. Oʻrganish jarayonida sotuvchiga amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablari tushuntirildi va nuqsonli mahsulot boshqa sifatlisiga almashtirib berilishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00