Telegram-bot Virtual qabulxona

03.07.2024

Nuqsonli kuler uchun to'langan pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi

Bugungi kunda toza ichimlik suvini yozda muzdek, qishda esa issiq qilib beruvchi kuler qurilmalari har birimiz uchun zaruriy texnikalardan biriga aylanib ulgurgan. Ammo ushbu texnika vositalari har doim ham sifatli bo‘lib chiqavermaydi.

Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro U.R. “Uzum Market” onlayn savdo do‘konidan 1 370 000 so‘mga "Texnomart" rusumli kuler qurilmasini sotib olgan. Biroq keyinchalik uning nosoz ekanligi ma’lum bo‘lgan. Iste’molchi bu borada savdo xodimlariga shikoyat qilgan bo‘lsa-da, hech qanday natija bo‘lmagach, amaliy yordam so‘rab, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Murojaat Navoiy shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan qonuniy o‘rganilib, ijobiy hal etildi va iste’molchiga nuqsonli kuler uchun to‘lagan pul mablag'i to‘liq qaytarildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00