
22.08.2023
Oʻzbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga navbatdagi murojaat kelib tushdi. Unga koʻra, Jizzax shahrining A.Navoiy koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro K.R. Fayziobod MFY Avtomagistral M39 yoʻlida joylashgan “OOO Vexitl Velli” MCHJ bilan 2022-yil 8-avgust kuni “Lacetti l stile” avtomat mashinasi uchun Z. M. nomiga 2023-yil 31-martgacha mashina topshirilishi sharti bilan shartnoma imzolaydi.
Afsuski, oradan uch oy vaqt oʻtsa ham mashina egasiga topshirilmaydi. Kutaverib toliqqan iste’molchi 1091 qisqa raqamli “Ishonch telefoni”ga qoʻngʻiroq qilib, oʻz haq-huquqini talab qilishga majbur boʻladi.
Ushbu ariza boʻyicha Sh.Rashidov tuman jamiyati mutasaddilari tomonidan “OOO Vexitl Velli” MCHJga qarashli avtosalonda oʻrganish oʻtkazilib, iste’molchiga 156 000 000 (bir yuz ellik olti million) soʻm toʻlov qilgan avtomashinasi chiqarib berildi va murojaat qanoatlantirildi.