05.04.2023
Har bir xarid, albatta, yaxshi niyatda amalga oshiriladi. Hech qaysi xaridor yaroqsiz tovar sotib olishni xohlamasligi tabiiy. Ammo xarid vaqtida nuqsonlari ko`rinmasdan, vaqt o`tishi bilan nosoz holga kelgan buyumlar uchun kim javobgar? Xuddi shunday holat yuzasidan Boysun tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning "Ariq usti" mahallasida yashovchi fuqaro R.S. ariza bilan murojaat qilgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro Boysun tumanida joylashgan maishiy texnika savdo do`konidan 1 350 000 so‘mga suv isitgich (ariston) sotib olgan. Ammo hech qancha vaqt o’tmay, tovarda nuqson borligi aniqlangan.
Murojaat yuzasidan do’kon sotuvchisi va murojaatchi ishtirokida tuman jamiyati tomonidan o’rganish o’tkazildi. Natijada, suv isitgichning nuqsoni borligi tasdiqlanib, xarid uchun berilgan 1 350 000 so`m iste'molchi xohishiga ko'ra, qaytarib berildi.