Telegram-bot Virtual qabulxona

02.04.2024

Nosoz televizor yangisiga almashtirildi 

Nurota tumani "Mirishkor" mahallasida istiqomat qiluvchi U.X. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

U tuman markazida joylashgan "Al-baraka" savdo do'konidan 3 200 000 so'mga 43 dioganalli "Samsung" telivizorini xarid qilgani, biroq oradan bir hafta o'tib, unda nosozliklar kuzatilgani, telivizorni almashtirib olish bo'yicha tadbirkorga murojaat qilganida esa rad javobini olganini ma'lum qilib, amaliy yordam so'raydi.

Tuman jamiyati xodimlari sotuvchiga fuqoroning iste'molchi sifatida amaldagi qonunchilik talablariga asosan haq huquqlarini tushuntirishdi, natijada, tadbirkor tomonidan sifatsiz telivizor sifatlisiga almashtirib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00