
05.05.2023
Andijon viloyati Marhamat tumani "Barhayot" mahallasi "Hamsa" ko'chasida yashovchi fuqaro B.M. Andijon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat yo'llagan.
Unda keltirilishicha, fuqaro Andijon shahridagi "Mobil olam" savdo markazidan 1 800 000 so’mlik "Redmi Note 10S" rusumli telefon sotib olgan, ammo telefon apparati nosoz bo'lib chiqqan. Murojaatchi uni do'konga olib borganda sotuvchi telefonni ta'mirlab, fuqaroga qaytarib bergan. Oradan 2-3 kun o’tib, telefon yana yaroqsiz holatga kelib qolgan.
Jamiyat mutaxassislari tomonidan fuqaroning arizasi o’rganilib, 1 800 000 so’mlik yaroqsiz "Redmi Note 10S" telefoni yangisiga almashtirib berildi.