Telegram-bot Virtual qabulxona

20.05.2024

Elektrosamokat uchun to'langan salkam 4,5 million so'm o'z egasiga qaytarildi

Xorazm viloyati Urganch shahar "Do'stlik" mahallasida yashovchi A. L. shahar jamiyatiga murojaat qilgan.

Unda keltirilishicha, fuqaro 2024-yil 15-may kuni "Uzum market" ilovasi orqali onlayn shartnoma asosida 4 390 000 so'mlik elektrosamokat buyurtma qilgan. Ammo u ilovada ko'rsatilgandek katta emasligi va  60 kg vaznni ko'tara olmasligini ko'rib, iste'molchi tovarni kattasiga almashtirib berishni yoki pulini qaytarib berishlarini so'raganda rad javobini olgan.

Urganch shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaat o'rganilib chiqildi va "Uzum market" xodimlariga O'zbekiston Respublikasining "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonunning tegishli moddalari tushuntirilib o'tildi. Natijada, elektrosamokat uchun to'langan 4 390 000 so'm pul qaytarib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00