Telegram-bot Virtual qabulxona

17.07.2023

Elektr energiyasi uchun hisoblangan qarzdorlik bartaraf etildi

Yangiqo’rg’on tuman “Qutluq tol” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro N.D. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.

Unda keltirilishicha, fuqaro elektr energiyasi uchun o'z vaqtida to’lov qilib kelgan bo’sa-da, tuman elektr ta'minoti korxonasi tomonidan qarzdorlik hisoblangan.

Ushbu holat o'rganilganda fuqaro tomonidan shu yilning 2-may sanasida paynet orqali to'langan mablag' texnik sabablarga ko'ra murojaatchi hisobraqamiga o'tmaganligi ma'lum bo'ldi. Natijada, jamiyat mutaxassislari aralashuvi bilan paynet xodimi tomonidan fuqaroning elektr hisobraqamiga 2 810 000 so'm pul mablag'i o'tkazildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00