Telegram-bot Virtual qabulxona

15.08.2023

2023-yil 2-choragi davomidagi faoliyat tahlil qilindi

Oʻzbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi  Jizzax viloyat hududiy birlashmasi Kengashi faoliyatining 2023-yilning 2-choragi yakuni boʻyicha kengaytirilgan hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda kun tartibidagi  masalalar koʻrib chiqildi. Jumladan, joriy yilning 2-choragi mobaynida viloyat miqyosida koʻrilgan arizalar elektr energiyasi: 11 ta, ichimlik suvi: 11 ta, sogʻliqni saqlash sohasida: 7 ta, transport: 8 ta, gaz ta’minoti: 17 ta, kommunal toʻlovlar boʻyicha: 9 ta, savdo sohasida: 47 ta, aloqa va kommunikatsiya: 10 ta hamda boshqa sohalar boʻyicha: 70 ta, jami boʻlib esa: 164 tani tashkil etadi. Koʻrib chiqilgan oʻrganishlar natijasida iste’molchilarga yetkazilishi mumkin boʻlgan 423 715 000 soʻmning oldi olingan.

Hudud miqyosida Oʻzbekiston Respublikasining "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida" gi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 414-sonli qarori ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha, oʻtkazilgan monitoring (oʻrganish-kuzatish) natijalarining tahlili boʻyicha hisobotlar tinglandi.

Yakunga koʻra, Kengash qaroriga muvofiq, boshqaruv sektori rahbari G. Nurtoyeva tomonidan Kengash a’zolari va tuman jamiyati raislariga joriy yilda qilinishi lozim boʻlgan aniq vazifalar koʻlami belgilab berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00