Telegram-bot Virtual qabulxona

19.09.2023

5 million 300 ming so'mlik qurilish materiallari sifatlisiga almashtirildi

Quvasoy shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan shaharning "Mo‘yan" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi M.X.ning xarid qilingan qurilish materiallarining sifatsiz chiqqanligi va bu boradagi e'tirozga do‘kon mas'ullarining rad javob berganligi to‘g‘risidagi murojaati o‘rganildi.

Iste'molchining so‘zlariga ko‘ra, u Quvasoy shahridagi qurilish mollari do‘konidan 12 000 000 so‘mlik qurilish materiallarini xarid qilgan, lekin ulardan foydalanish davomida ayrimlarining sifatsiz ekani ma'lum bo‘lgan. Sotuvchiga bu borada bildirgan e'tiroziga esa qanoatlantiruvchi javob olmagan.

Shahar jamiyati mutaxassislari murojaatni o‘rganishda e'tiroz bidirilgan qurilish materiallarini ko‘zdan kechirgach, sotuvchiga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish ishlari olib bordilar. Yuzaga kelgan vaziyatda iste'molchining huquqlari va uning majburiyatlari tushuntirildi. Natijada, iste'molchi tomonidan xarid qilinib, sifatsiz deb topilgan 5 300 000 so‘m miqdoridagi qurilish materiallari maqbul sifatdagisiga almashtirib berilishiga erishildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 5
  • 1091
  • istemol@gmail.com
  • 09:00 to 18:00