Telegram-bot Virtual qabulxona

13.10.2023

Sifatsiz ta’mirlangan Kobalt qayta ta’mirlab berildi

Avtomobil avtotransport hodisasiga uchrashi bilan uning asosan, kuzov qismi zarar ko‘radi. Ta’mirlash ishlari olib borilgach, avvalgi holati tiklanishi mumkin. Ammo ta’mir sifatsiz amalga oshirilsa, avtotransport hodisasiga uchragani yaqqol sezilib qoladi. 

Jondor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.J. ham "Kobalt" rusumli avtomashinasini ta’mirlash uchun ustaga berib, 2 300 000 so‘m to‘lovni amalga oshirgan. Ta’mirlash ishlari yakunlangach, iste’molchi sifatli xizmat ko‘rsatilmaganligini payqagan va yordam so‘rab, Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasiga murojaat qilgan. 

Buxoro shahar jamiyati xodimlari tomonidan murojaat o‘rganilib, haqiqatan ham xizmat sifatsiz ko‘rsatilganligi aniqlandi. Xizmat ko‘rsatuvchiga iste’molchi huquq va majburiyatlari tushuntirilgach, avtomashina qayta sifatli ta’mirlab berilib, murojaat ijobiy hal etildi. 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00