Telegram-bot Virtual qabulxona

22.08.2023

Sifatsiz qurilish mahsuloti uchun toʼlangan toʼlov isteʼmolchiga qaytarildi

Soʼnggi yillarda yurtimizda qurilish ishlari taraqqiy etib, osmonoʼpar binolar, zamonaviy qurilish inshootlari qad rostlamoqda. Bu oʼz-oʼzidan ichki bozorda qurilish mollariga boʼlgan talabni keskin oshirdi. Sifatli qurilish mollari bilan bir qatorda sifatsiz mahsulotlar, ularni realizatsiya qilayotgan tadbirkorlar koʼpaygani ham bor gap.  

Vobkent tumanida yashovchi fuqaro N.J ham qurilish boshlash maqsadida YaTT S.N ga qarashli xoʼjalik mollari doʼkonidan 4 000 000 soʼmga sement xarid qilgan. Qurilishda ishlatish jarayonida sement sifati pastligi, buning oqibatida qurilish mustahkamligi koefitsenti pasayishi aniqlangan. Tadbirkor ushbu mahsulotni qaytarib olishdan bosh tortgach, yordam soʼrab Buxoro viloyat isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishonch telefoni orqali murojaat qoldirgan.

Vobkent tuman jamiyati xodimlari saʼy-harakatlari tufayli murojaat oʼrganilib, isteʼmolchi daʼvosi haqqoniyligi aniqlangan. Tadbirkorga qonuniy tushuntirish ishlari olib borilgach, isteʼmolchiga sifatsiz sement uchun amalga oshirilgan 4 000 000 soʼm toʼlov toʼliq qaytarildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00