13.04.2023
Kosonsoy tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning "Obod" mahallasida yashovchi fuqaro O.M. ariza bilan murojaat qilgan.
Unda bayon etilishicha, fuqaro Kosonsoy tumani "Yoshlik" MFYda joylashgan MChJga qiymati 4 800 000 so'm bo'lgan "Akfa" eshik romlarini o‘zaro og‘zaki kelishuv asosida buyurtma qilgan. Ammo korxona buyurtmani o‘z vaqtida tayyorlab, o‘rnatib bermagan.
Ushbu murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan qonun doirasida o'rganilib, MChJ rahbariyatiga "Istemolchilar huquqlarini himoya qilish to‘grisida"gi qonunning tegishli moddalari tushuntirildi. Natijada, kelishuv asosida to‘langan 4 800 000 so'm mablag‘ iste’molchiga qaytarib olib berildi.