
25.08.2023
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Norin tumani jamiyatiga joriy yilning 21-avgust kuni Norin tumani Qoʻrgʻoncha MFY Bogʻishamol koʻchasi 54-uyda yashovchi fuqaro M.X.dan murojaat kelib tushgan.
Murojaat mazmuniga koʻra, fuqaro oʻzining shaxsiy ehtiyoji uchun Xaqqulobod shahrida joylashgan "Artel" savdo doʻkonidan umumiy qiymati 1 814 000 (bir million sakkiz yuz oʻn toʻrt ming) soʻm boʻlgan 7 kgli yarim avtomatik "Goodwell" rusumli kir yuvish mashinasini sotib olganligi, isteʼmolchiga mahsulot yashash xonadoniga yetkazib berilganidan soʻng, foydalanish uchun ishga tushirganda, kir yuvish mashinaning avtomatik quritish tizimi bilan bogʻliq muammo boʻlganligidan norozi boʻlib murojaat qilgan.
Fuqaro murojaati Norin tumani jamiyati mutaxassislari tomonidan oʻrganib chiqildi.
Oʻrganish natijasida, fuqaro M. X.ning 1 814 000 ( bir million sakkiz yuz oʻn toʻrt ming) soʻmlik kir yuvish mashinasi yangisiga almashtirib berildi.