Telegram-bot Virtual qabulxona

15.06.2023

7 million so'm pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi

Toshkent shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro Q.G.dan murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, fuqaro "Радуга Звуков" savdo do'konidan 7 million so'mga quloq eshitish moslamasini sotib olgan, ammo oradan ko'p vaqt o'tmay, apparat ishlamay qolgan. Iste'molchi bu bo'yicha do'kon xodimlarga bir necha bor murojaat qilsa-da, e'tiroz e'tiborsiz qoldirilgan.

Holat yuzasidan jamiyat xodimlari tomonidan o'rganish ishlari olib borilib, savdo do'koni ma'muriyatiga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, murojaatchi to'lagan 7 million so'm to'liq qaytarilishiga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00