
29.08.2023
Angor tuman Gilambob mahallasida yashovchi fuqaro A. L. Angor tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Murojaatchi A.L Angor tuman savdo do’konlarining biridan 12 oyga muddatli to’lov asosida oylik 288.000 ming so`m evaziga “Redmi” 12 Pro telefonini 1 yil kafolat bilan xarid qilgan. Ammo 1-oy o’tar-o’tmasdan telefon quvvatlash joyi ishlamay qolib va telefonda qizishlar paydo bo’lib nuqsonlar paydo bo’la boshlagan. Bu holatda murojaatchi A.L telefon xarid qilgan do’konga kelib telefonni almashtirib berishlarini so’raydi. Lekin do’kon xodimlari xizmat ko`rsatish shaxobchasiga murojaat qiling deb murojaatni e’tiborsiz qoldirishadi. Murojaatchi tayinli javob ololmagach Angor tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Jamiyat mutaxassislari vaziyat bilan tanishib do’kon ishchi xodimlariga tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borishadi. Shundan so’ng murojaatchiga “Redmi” 12 Pro telefoni o’rniga boshqa bir sifatli “Samsung” A 23 telefonga almashtirildi.