Telegram-bot Virtual qabulxona

24.04.2024

Salkam 16 million so'mlik nosoz telefon maqbul sifatlisiga almashtirildi

Sh.Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro SH.H. joriy yilning 20-fevral kuni Jizzax shahrida joylashgan Zebo savdo markazining 14-do'konidan 15 900 000 evaziga "IPHONE 15" modelidagi telefon sotib olgan. 7-aprel kuni esa telefonda nosozlik yuzaga kelgan. Fuqaro bu bo'yicha sotuvchiga murojaat qilgan bo'lsa-da, belgilangan muddatda nosozlik bartaraf etib berilmagan.

So'ng, fuqaro Jizzax shahar IHHQ jamiyatiga murojaat qilgan. Jamiyat mutaxassislari tomonidan vaziyat o'rganilib, mas'ullarga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirilishi natijasida, nosoz telefon apparati maqbul sifatlisiga almashtirildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00