
24.04.2024
Koson tumani Rahim soʻfi qishlogʻida yashovchi fuqaro O.X. oʻziga tegishli boʻlgan yer maydoniga dehqonchilik qilish maqsadida suv nasosi oʻrnatib, elektr energiyasidan alohida hisoblagich orqali foydalanib kelgan. Toʻlovlar ham hisoblagich koʻrsatgichlari boʻyicha amalga oshirilgan. Bugungi kunda iste'molchining toʻlovlardan qarzi boʻlmasa-da, tuman elektr ta'minoti idorasi tomonidan unga nisbatan 544 million 351 ming soʻm asossiz qarzdorlik hisoblangan.
Fuqaroning murojaati Koson tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan oʻrganilganda mazkur qarzdorlik hisoblagich koʻrsatgichlari inobatga olinmasdan hamda “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” talablariga zid tarzda hisoblanganligi aniqlandi.
Murojaatni oʻrganish jarayonida toʻplangan asoslovchi hujjatlarga muvofiq, iste'molchining manfaatini koʻzlab fuqarolik ishlari boʻyicha Koson tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi va asossiz hisoblangan qarzdorlik sud qarori asosida toʻliq bekor qilinishi ta'minlandi.