Telegram-bot Virtual qabulxona

17.05.2023

Uy uchun to'langan 100 million so'm iste'molchiga qaytarildi

Bo‘stonliq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Qashqadaryo viloyati fuqarosi K.A. tomonidan yozma murojaat kelib tushgan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro 2022-yilda tumanda joylashgan “X.O” MChJ bilan uy sotib olish maqsadida shartnoma tuzgan va oldindan 100 million so‘m to'lov qilgan. Ammo MCHJ shartnomada ko'rsatilgan vaqtda qurilish ishlarini yakunlamagan. Shu kunga qadar fuqaro pullarini ham qaytarib bermagan.

Holat bo'yicha jamiyat mutaxassislari tomonidan o'rganish ishlari o'tkazilib, MChJ rahbariyatiga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, iste'molchi pullari to'liq qaytarilishiga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00