Telegram-bot Virtual qabulxona

13.05.2024

Nosoz telefon uchun to'langan pul mablag'i iste’molchiga qaytarildi

Fuqaro Y. SH. joriy yilning 7-aprel kuni Jizzax shahridagi Zebo savdo majmuasining 30-do‘konidan 1 850 000 so'm evaziga "Redmi Note 12 pro" rusumli telefon xarid qilgan. Ammo oradan ikki kun o‘tib, telefon bloklanib qolgan. Fuqaro holat haqida do‘kon xodimlariga ma'lum qilib, nosozlikni bartaraf etib berishlarini so‘ragan. Oradan ancha vaqt o‘tishiga qaramasdan, nosozlik bartaraf etilmagach, fuqaro telefon uchun to‘langan pulni qaytarib berishni talab qilgan. Sotuvchi esa buni rad etgan.

Shundan so‘ng, fuqaro Jizzax shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Murojaat mutaxassislar tomonidan tegishli tartibda o‘rganilib, telefon uchun to’langan pullar fuqaroga qaytarilishi ta’minlandi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00