
16.06.2023
Angor tuman “Navshahar” mahallasida yashovchi fuqaro M.A. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza kelib tushgan.
Unda bayon etilishicha, murojaatchi Angor tuman tijorat bozorida joylashgan maishiy texnika do’konlarining biridan 4 650 000 so’mga “Artel” rusumli konditsionerni 3 yillik kafolat muddati va 1 oy davomida konditsionerda nuqsonlar paydo bo’lsa, yangisiga almashtirib olish sharti bilan xarid qilgan. Ammo iste'molchi uni xonadoniga o’rnatganidan so`ng, chamasi 15-16 kun o’tgach, konditsioner nosoz holga kelib qolgan.
Jamiyat mutaxassislari holatni o’rganib, do’kon ishchi xodimlariga tushuntirish ishlarini olib borishdi. Shundan so’ng, savdo do’koni tomonidan murojaatchi xonadonida yangi, sifatli konditsioner o’rnatilib berildi.