Telegram-bot Virtual qabulxona

03.04.2025

Iste’molchi foydasiga jami 230 million so’m pul mablag’i undirildi

Kuni kecha Toshkent shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi tomonidan Yunusobod tumani G’ayratiy ko’chasi 24-uyda yashovchi fuqaro F.A ning murojaati o`rganildi. 

Murojaatda bayon etilishicha, fuqaro Toshkent shahar Yangihayot tumani "Fayzli" MFY "Rayana" ko’chasida joylashgan Toshkent indeks avto savdo markaziga qarashli OOO “TANK AVTO” korxosidan BYD-E2 rusimidagi elektromobilini xarid qiladi va shartnoma imzolanadi. Ma`lum vaqt o’tgandan so’ng, iste’molchi xarid qilgan avtomashinasida nuqsoni borligini bilib xarid qilgan avto do’konga murojaat qiladi. Avto do’kon tomonidan fuqaro bilan tuzilgan shartnoma shartlari bo’yicha fuqaroga rad javobi beriladi. Shundan so’ng, fuqaro F.A. Toshkent shahar hududiy birlashmasiga yozma shikoyat bilan murojaat qiladi va uning huquqlarini sudda himoya qilishlikni ko’rsatib o’tadi.

Fuqaro F.A murojaatiga asosan Toshkent shahar hududiy birlashmasi tomonidan sudga da`vo arizasi kiritilib iste’molchi huquqlari himoya qilindi. Iste’molchiga yetgazilgan  30 mln so`m miqdoridagi moddiy zarar hamda xarid qilingan avtomobil nuqsoni borligi o’z tasdig`ini topganligi  sabab yangi ayni shunday markali avtomobilga almashtirib berilishi  yuzasidan  sud tomonidan qaror chiqarilib ijro uchun qaratildi. Toshkent shahar hududiy birlashmasi tomonidan sudga kiritilgan da`vo arizasi qanoatlantirildi va iste’molchi foydasiga qaror chiqarildi.    

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00