29.08.2023
Samarqand viloyat Qo’shrabot tuman Istiqbol MFY da yashovchi O’.B joriy yilning may oyida Samarqand shahar Gagarin ko’chasidagi «Oltin Samarqand» bazmgohida To’y marosimini o’tkazish maqsadida og’zaki kelishuv asosida oldindan 500 $ (AQSH dollar) to’lov qilgan. Keyinchalik fuqaroning muborak haj safariga jo`nab ketishi ma’lum bo`lgach to’y kunini o’zgartirishga majbur bo’ladi. To’y kuni o’zgartiriladi va fuqaro safardan qaytgach to’yni boshlash oldidan bazmgohga borganida xodimlar unga narx ko’tarilganini aytishadi fuqaro esa narx o’zgarganligi bo’yicha ogohlantirilmagani yuzasidan e’tiroz qiladi va ushbu bazmgohda to’y marosimini o’tkazishdan voz kechib, oldindan qilingan 500 AQSH dollari miqdoridagi to’lovni qaytarishni so’raydi. Bazmgoh xodimlari noma’lum sabablarga ko’ra to’langan pulni qaytarib berishdan bosh tortgani uchun amaliy yordam so’rab Federatsiya ishonch telefoniga murojaat qilgan.
Holat yuzasidan Samarqand shahar jamiyati xodimlari toʻliq oʻrganib, fuqaroning isteʼmolchilik huquqlarini vakolat doirasida himoya qilib bazmgoh xodimlariga tegishli tushuntirish ishlari olib borishdi va natijada fuqaroning 500 AQSH dollari qaytarib olib berildi.