
26.07.2023
Mingbuloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Mehnatobod" MFY "Do’stlik" ko’chasida yashovchi fuqaro X.B.dan murojaat kelib tushgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro "Mingbuloq tumangaz" gaz ta'minoti bo'limidan gaz ballon sotib olgan, lekin oradan ko'p o'tmay, tovar sifatsiz ekani ma'lum bo'lgan.
Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat o’rganilib, iste’molchiga sifatli gaz ballon yetkazib berildi va murojaat ijobiy hal etildi.