
06.02.2024
Andijon viloyati Ulug‘nor tumani "Saxrobod" MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro J.X. federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.
Unga ko'ra, fuqaro Andijon shahrida joylashgan "Kitchen" do‘konidan 24 000 000 so‘mga oshxona mebellar to‘plamini sotib olgan. Ammo oradan bir yil o‘tib, mebellar sifatsiz materiallardan tayyorlangani sababli, yaroqsiz holga kelib qolgan. Iste'molchi bu borada savdo do'koni xodimlariga bir necha bor shikoyat qilgan bo'lsa-da, mebellar to'plami almashtirib berilmagan.
Ushbu holat Andijon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, 24 000 000 so‘mlik sifatsiz oshxona mebellar to‘plami bepul ta’mirlab berildi.