Telegram-bot Virtual qabulxona

12.04.2023

5 million so'mlik nosoz telefon ta'mirlab berildi

Buxoro shahri N.Buxoriy koʻchasida yashovchi fuqaro N.S. shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Unga ko'ra, murojaatchi Buxoro shahridagi doʻkonlarning biridan 2022-yil 13-dekabr kuni 5 000 000 soʻmga “Samsung S20 plyus” rusumli qoʻl telefoni xarid qilgan. Ammo fevral oyida telefonning nuqsoni borligi ma'lum bo'lgach, doʻkonga qaytarib olib borgan. Doʻkon xodimi esa nosoz tovarni ta'mirlatish uchun ustaga bergan, oradan 2 oy o'tishiga qaramasdan, telefon taʼmirlab berilmagan.

Murojaat jamiyat xodimlari tomonidan oʻrganilib, telefon tuzatuvchi ustaga amaldagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borilgandan soʻng, 5 000 000 soʻmlik telefon apparati taʼmirlab berildi.
 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00