
23.06.2023
Buxoro viloyati Olot tumani "Oq oltin" MFYda yashovchi fuqaro H.D. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro usta tadbirkordan 2 yarim million so'mlik temir darvoza sotib olgan. Ammo uni xonadoniga o'rnatganidan so'ng, eshik sifatsiz ekani ma'lum bo'lgan.
Jamiyat xodimlari tomonidan vaziyat o'rganilib, tadbirkorga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, sifatsiz eshik tadbirkor tomonidan bepul ta'mirlab berildi