Telegram-bot Virtual qabulxona

02.06.2023

Nosoz televizor puli iste'molchiga qaytarildi

Sariosiyo tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Niholzor" mahallasida yashovchi fuqaro E.B. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unda keltirilishicha, fuqaro Sariosiyo tumanida joylashgan maishiy texnika savdo do‘konlarining biridan 2 100 000 so‘mga televizor sotib olgan. Ammo oz vaqt o‘tgandan so‘ng, televizorning nuqsoni yuzaga chiqqan. Fuqato bu bo'yicha do'kon mas'ullariga bir necha marta murojaat qilganiga qaramasdan, e'tirozlar e'tiborsiz qoldirilgan.

Murojaat jamiyat mutaxassisilari tomonidan o‘rganilib, televizor uchun to‘langan 2 100 000 so‘m pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00