
16.05.2024
Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumani "Bahoriston" mahallasida yashovchi fuqaro A.N. O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi "Ishonch telefoni" orqali murojaat qoldirgan.
Fuqaro Qo'shko'pir tuman markazida joylashgan maishiy texnika savdo do'konidan 2 500 000 (ikki million besh yuz ming) so'mga 3 yillik kafolat muddati bilan kir yuvish mashinasi xarid qilgan. Ammo bir oy o'tgach, kir yuvish mashinasi ishlamay qolgan. Fuqaro maishiy texnikani tuzatib berishni yoki yangisiga almashtirishni so'rab, do'kon xodimlariga murojaat qilganda rad javobini olgan.
Ushbu holat Qo'shko'pir tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o'rganilib chiqildi va sotuvchiga O'zbekiston Respublikasining "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonunning tegishli moddalari tushuntirilib o'tildi. Natijada, nosoz kir yuvish mashinasi sifatlisiga almashtirib berildi.