
16.07.2024
Joriy ylining iyun oyida Denov tumani “Quyoshli” MFYda yashovchi fuqaro M.S. Denov shahrida joylashgan "IDEA" maishiy-texnika do‘konidan narxi 10 800 000 so‘m bo‘lgan «Beko» rusumli muzlatgich xarid qiladi. Muzlatgichni uyiga olib borib, 5 kun ichida foydalana boshlaganda unda nuqsonlar kelib chiqadi.
Shunda fuqaro muzlatgichni do‘konga olib boradi va nuqsonlar haqida aytib, almashtirib berishini talab qiladi, ammo sotuvchi har xil bahonalar bilan almashtirib berishdan bosh tortadi.
Holat hududiy boshqarma masʼullari tomonidan o‘rganilib, amaldagi qonunchilik talablari haqida tushunchalar berildi va isteʼmolchi xarid qilgan muzlatgich sifatlisiga almashtirildi.