Telegram-bot Virtual qabulxona

13.04.2023

Nosoz telefon puli iste'molchiga qaytarildi

Pop tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Ultarma" MFYda yashovchi fuqaro A.A.dan murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, fuqaro Pop shahridagi doʻkonlarning biridan 570 ming soʻmga "Redmi X4" rusumli mobil telefon xarid qilgan. Ammo telefon apparati nosoz chiqqani sababli, do'konga qaytarib olib borgan. Sotuvchi esa iste'molchi muammosini hal qilib bermagan.

Oʻrganishlar natijasida, jamiyat xodimlari tomonidan sotuvchiga amaldagi qonunning tegishli moddalari tushuntirilib, telefon uchun to'langan 570 ming soʻm pul mablagʻi fuqaroga qaytarildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00