Telegram-bot Virtual qabulxona

27.03.2025

Nosoz "iPhone" puli iste'molchiga qaytarildi

Mingbuloq tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Qoʻgʻalikoʻl" MFYda yashovchi isteʼmolchi D.Qoraboyeva yozma ariza bilan murojaat qilgan.

Murojaatda bayon etilishicha, isteʼmolchi Mingbuloq tuman markazida joylashgan “Google” telefonlar savdo doʻkonidan 3 040 000 (uch million qirq ming) soʻmga "iPhone 11 pro" telefonini sotib oladi. Undan foydalanish jarayonida esa turli nosozliklar kuzatiladi. Fuqaro telefonni doʻkonga qaytarib olib kelganida sotuvchi sotilgan tovar qaytarib olinmasligini aytadi.

Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat oʻrganilib, sotuvchiga “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi” Qonunning tegishli moddalari tushuntirilishi natijasida, nosoz "iPhone 11 pro" sotuvchiga, toʻlangan 3 040 000 soʻm esa isteʼmolchiga qaytarildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00