
19.09.2024
Boysun tumani “Kosiblar” MFYda yashovchi fuqaro Sh.X. tumandagi «At-Termiziy» ko‘chasi hududida joylashgan “Mebellar” savdo do‘kondan xonadoni uchun narxi 12 500 000 so‘m bo‘lgan mebellar to‘plamiga buyurtma beradi.
Ammo mebellar to‘plamini uyiga olib kelib o‘rnatishganida buyurma uchun ko‘rsatilgan mebel emasligi maʼlum bo‘ladi. Ushbu holatdan norozi fuqaro buyurtma bergan do‘koniga borib xarid qilgan mebel boshqa ekanini aytadi va to‘lagan pulini qaytarib berishlarini talab qiladi. Ammo isteʼmolchining talabi eʼtiborsiz qoldiriladi.
Holatni tuman jamiyati mutaxassislari o‘rganib chiqdi va tomonlarga amaldagi qonun yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Natijada, isteʼmolchiga mebellar uchun to‘langan pul mablag'i qaytarib berildi.