Telegram-bot Virtual qabulxona

28.05.2024

Plastik kartadan asossiz yechilgan 2 million so'm egasiga qaytarildi

Mingbuloq tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumandagi "Mulkobod" MFYda yashovchi D.S. yozma ariza bilan murojaat qilgan.

Murojaatda bayon etilishicha, isteʼmolchining plastik kartasidan T.D. nomiga olingan kredit uchun 1 936 308 soʻm miqdorida mablagʻ asossiz yechib olingan. Ushbu holatdan norozi boʻlgan fuqaro pullarni qaytarib olishda jamiyatdan amaliy yordam berishni soʻragan. 

Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat oʻz vaqtida joyiga borib oʻrganilganida haqiqatan ham fuqaroning plastik kartasidan 1 936 308 soʻm miqdorida mablagʻlar  asosiz yechib olinganligi aniqlandi. Jamiyat xodimlarining saʼy-harakatlari natijasida, isteʼmolchi pullari plastik kartasiga tushirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00