Telegram-bot Virtual qabulxona

05.10.2023

Bankomat "bermagan" 1 yarim million so'm iste'molchiga qaytarildi

Surxondaryo viloyati iste'molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasiga Qumo'rg'on tumanida yashovchi D.A. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, fuqaro "Mikrokreditbank"ga tegishli bankomat orqali 1 515 000 so'm naqd pul yechmoqchi bo'lganida amaliyotda xatolik yuz berib, plastik kartadan pul yechilsa-da, bankomat naqd pul chiqarmagan. Mazkur holat bo'yicha fuqaro bank xodimlariga bir necha bor norozilik bildirgan. Lekin ular murojaatni asossiz deb hisoblab, e`tiborsiz qoldirishgan.

Vaziyatni Qumqo`rg`on tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari o`rganishdi. Natijada, 1 515 000 so`m pul mablag'i fuqaroga olib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00