Telegram-bot Virtual qabulxona

15.02.2024

Savdo do'koni va iste'molchi o'rtasida tuzilgan shartnoma bekor qilindi

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ishonch telefoniga Andijon viloyati Andijon tumani "Xirabek" qishlog'ida yashovchi fuqaro L.K. tomonidan murojaat kelib tushgan. 

Andijon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari ushbu murojaatni o‘rganganida fuqaro "LD" savdo do‘koni bilan 2 400 000 so‘mlik telefonga shartnoma tuzganligi, biroq shartnomada belgilangan muddatda mahsulot yetkazib berilmaganligi uchun shartnoma bekor qilinishini so‘raganligi ma'lum bo‘ldi. 

Murojaat qonun doirasida o‘rganib chiqilib, "LD" do‘koni va fuqaro o'rtasida tuzilgan shartnoma bekor qilinishiga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00