07.02.2022
Bugungi kunda hech kim o'zini shaxsiy mobil telefonisiz tasavvur qila olmaydi. Texnologiyalar bir joyda turmaydi, telefon bozori doimiy ravishda kengayib bormoqda va har yili iste'molchilarga yangi, takomillashtirilgan modellarni taqdim etmoqda. Ammo sotib olgan hamma telefonlarimiz ham biz o’ylagandek sifatli bo’lmasligi insonning ko’nglini xira qiladi.
Buxoro viloyati Olot tuman Bunyodkor MFY da yashovchi fuqaro N.S. O’zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Buxoro viloyati Olot tumon jamiyatiga murojaat qilib, Olot tumani Navro’z MFY da joylashgan “Samsung” texnika savdo do’konidan A10 rusumli qo'l telefonni 1 700 000 so’mga xarid qilganini, ammo qo’l telefonni qimmat sotganligi uchun telefonni olmasligini va A10 rusumli qo’l telefoni uchun to’lagan 1 700 000 so’m pulini qaytarib berishini so'rab do’kon xodimlariga bir necha bor qilgan murojaatlari ijobiy hal bo'lmay kelinayotganidan noroziligini bildiradi.
Mazkur murojaat Olot tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan joyiga chiqib oʼrganilib, “Samsung” texnika do’kon xodimlariga amaldagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish berilganidan soʼng, muammo zudlik bilan ijobiy hal etildi, yaʼni tadbirkor sotgan telefonini qaytib oldi va isteʼmolchining A10 rusumli qo’l telefoni uchun to’langan 1 700 000 so’m puli to’liq qaytarib olib berildi.