
29.01.2025
Xorazm viloyati Yangiariq tumanida yashovchi fuqaro R.J. tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma ravishda murojaat qilgan.
Unga ko'ra, fuqaro “TRACKER LTZ” rusumli avtomashinani ijaraga olish uchun 13.11.2023-yilda “UMID AVTO COMPANIES” MCHJ bilan shartnoma tuzgan va 77 932 000 so’m avans to’lovni amalga oshirgan. Shartnomaga asosan, avtomashina narxi 218 062 000 so’mga baholangan bo'lib, fuqaro qolgan summani jadval asosida to’lab borishi, MCHJ esa avtomashinani unga mulk qilib berishi belgilangan. Ammo oradan oylar o’tgan bo’lsa-da, MCHJ o'z majburiyatini bajarmay kelgan, ya'ni avtomashina iste'molchiga yetkazib berilmagan.
Yangiariq tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaatchining iste’molchi sifatidagi buzilgan huquqini tiklash uchun Toshkent shahar Uchtepa tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi. Sudning hal qiluv qaroriga ko'ra, da'vogar manfaatiga 77 932 000 so'm asosiy qarz, 779 320 so'm penya va oldindan to’langan 3 117 280 so’m davlat boji, 37 500 so'm pochta xarajati jami 81 866 100 so'm undirildi.