18.11.2021
O'zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi “1091” ishonch telefoni orqali Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida yashovchi fuqaro Jahongir Murodov tomonidan murojaat kelib tushdi.
Isteʼmolchi oʻz murojaatida Termiz shahrida joylashgan aviakassadan “Qarshi/Moskva” Termez- yoʻnalishi boʻyicha 1.700.000 soʻm evaziga bir dona aviabilet sotib olganligi, uchish vaqti pandemiya kuchaytirilgan paytga toʻgʻri kelgani sababli uchib ketolmagani, aviachipta uchun toʻlangan pullarni qaytarib olish uchun esa bir necha marotaba murojaat qilgan boʻlsada qaytarib ololmaganini aytib oʻtgan. Murojaat oʻrganilishi natijasida esa, chipta uchun toʻlangan mablagʻ isteʼmolchiga qaytarilishiga erishildi.
Yana bir murojaat, Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashovchi fuqaro D.Z. tomonidan murojaat kelib tushdi. Unda qayd etilishicha, isteʼmolchi Buxoro shahri marzkazida joylashgan H.Raxmatov YATT ga qarashli “Texnomir” maishiy texnika doʻkonidan “Elektrolyuks” konditsionerini 7 806 000 soʻmga xarid qilganini, ammo hozirgi kunga uning nosoz ahvolga kelib qolganidan, ushbu muammoni bartaraf etish boʻyicha tadbirkorga bir necha bor murojaat qilganligini va murojaatlari inobatga olinmay kelinayotganligidan noroziligini bildiradi.
Murojaat oʻrganilishi natijasida, sotuvchi tomonidan kondetsioner sifatli taʼmirlab berilishiga erishildi
Shuningdek, Navoiy viloyati Navoiy shahrida yashovchi fuqaro Farxod Bekpoʻlatov oʻz murojaatida Navoiy shahrida joylashgan maishiy savdo doʻkonidan 5 500 000 soʻmga muddatli toʻlov asosida sotib olgan televizor kafolat muddati ichida nosoz chiqqanidan norozilik bildirib ushbu masalada amaliy yordam soʻragan.
Mazkur murojaat oʻrganilishi natijasida isteʼmolchiga televizor uchun toʻlagan 5 500 000 soʻm pul mablagʻi qaytarilishiga erishildi